

Manbaga ko'ra, 66 yoshli mutaxassis Bahrom Hakimov “Istiqlol” bosh murabbiyi sifatida ish boshladi. U jamoa boshqaruvidagi ilk uchrashuvini esa o'zining sobiq klubi “Dinamo”ga qarshi o'tkazadi. Mazkur bahs 30 mart kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Hakimovning so'nggi ish joyi “Turon” bo'lgan va u 2019 yil may oyida sog'lig'idagi muammolar tufayli jamoa bilan xayrlashgandi.



