"Dinamo" shartnomasi yakuniga etgan 6 futbolchi bilan xayrlashdi

Omonjon To`xtamirzayev
11 dek 2023, 13:38
"Dinamo" jamoasi 2023 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, shartnomasi yakuniga etgan bir qator futbolchilar bilan xayrlashganini ma'lum qiladi.

Jamoa amaldagi kelishuvi yakuniga etgan Erkin Boydullaev, Mirg'iyos Sulaymonov, Murod Toshmatov, Abdujamol Isroilov, Derrik Mensah va Koike Yudai singari futbolchilar bilan xayrlashdi.

"Dinamo" PFK jamoasi o'tgan mavsumlar davomida Samarqand klubi sharafini munosib himoya qilib, klubning Superligaga qaytishiga hissa qo'shgan Erkin Boydullaev, Mirg'iyos Sulaymonov, Murod Toshmatov, Abdujamol Isroilov, ganalik Derrik Mensah va yaponiyalik Koike Yudaining keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilaydi", - deyiladi klub xabarida.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Динамо" ПФК