Diego Kosta: Men Braziliyada tug'ilganman, ammo Ispaniya menga qolgan barcha narsani berdi

Narzulla Saydullayev
30 okt 2013, 20:19
Atletiko hujumchisi Diego Kosta nima uchun Braziliyada emas Ispaniya termasida o'ynamoqchi ekanini aytib berdi.
Bu qarorga kelish qiyin bo'ldi. Tug'ilgan vatanim va barcha narsa bergan Ispaniyadan birini tanlash qiyin bo'ldi.

Hozir nimaga erishgan bo'lsam barchasini shu yerda qo'lga kiritdim.

Braziliya men uchun vatanim bo'lib qolaveradi, u yerda qarindoshlarim yashashadi. Ammo aynan Ispaniyaga qarzdorman.

Umid qilamanki, odamlar meni to'g'ri tushunishadi, – deydi Kosta Marca nashriga. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru