Diego Kosta “Atletiko” bilan yangi shartnoma shartlarini kelishib oldi

13 avg 2013, 10:01
“Atletiko” klubi va hujumchi Diego Kosta yangi shartnoma bo'yicha og'zagi kelishuvga erishishdi, deb xabar beradi Marca.

Yangi shartnomaning muddati aniq emas, lekin futbolchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2015 yilga qadar davom etadi.

“Atletiko” rahbariyati va murabbiylar shtabi, Diego Kostani “Liverpul” klubi olishga urinayotganligini va unga katta mablag' vada qilganini eshitib, hujumchi bilan shartnomani uzaytirishni tezlashtirgan.


Manba: sports.ru