

"Albatta, de Bryuyne va Perishich kabi futbolchilarni ketganligi bizga qiyinchilik tug'diradi. Kevin juda kuchli futbolchi edi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, futbolchiga har doim ham bu kabi qulay takliflar tushavermaydi. Shuningdek, Kevin hech qachon aldamagan. U men "Volfsburg"dan ketmayman deb aytmagan edi. Uning ketishini to'g'ri tushunishimiz kerak. O'ylashimcha, Dante va Draksler kabi futbolchilarni qo'shib olib, tarkibimizga munosib futbolchilarni jalb etdik", - deydi Diego Benalo.



