Dide Desham termadan kyetmaydi. U eng kamida JCH-2022 turnirigacha ishlaydi

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2021, 23:40
Fransiya futbol federatsiyachi prezidenti Noel Le Grening takidlashicha, Dide Desham Evro-2020dagi omadsizlikdan so'ng ham termada qoladi.

"- Desham Qatardagi jahon chempionatida ham ishlaydimi? 

 - Ha, bu masala uch daqiqa ichida hal qilindi. U ishlashni xohladi, men uni qolishi xohladim.

O'rtamizda biz qilayotgan ishlar borasida bahs bo'lgani yo'q. Men Deshamni hurmat qilaman. Uylaymanki, u ham meni va federatsiyani hurmat qiladi", -dedi Le Gre "Le Figaro" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Desham 2012 yildan beri Fransiya termasini boshqarib keladi. 2018 yil esa murabbiy jaxon chempionatida zafar quchgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Figaro