Dibala: "Yuventus" futbolchilari ketma-ket oltinchi skudetto bilan afsonaga aylanishmoqchi"

Aslanov Jasurbek
15 dek 2016, 15:18
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala jamoaning mavsumdagi maqsadlari haqida gapirib berdi.

"Keling vazifalarimiz haqida gaplashamiz. Biz Kardiffgacha yetib borishimiz va ketma-ket oltinchi skudettoni qo'lga kiritib, afsonaga aylanishga harakat qilishimiz kerak. Chempionlar ligasida raqiblar ko'p - "Bavariya", "Barselona", "Real", "Manchester Siti". Bu qiyin bo'ladi.

O'yinimiz borasida tanqid? Biz A Seriyada yetakchimiz va Chempionlar ligasi guruh bosqichida birinchi o'rinni egalladik. Yana nima qilishimiz kerak? Juda yaxshi o'ynamadik, ammo sabr kerak, chunki o'zgarishlar bo'ldi. Baxtimizga bizda yaxshi murabbiy bor.

Mavsumda 12 ta gol urishiga qaramay, Gonsalo Iguain nomiga tanqid? Tanqid - kuchli futbolchilar taqdiri" - deydi Dibala.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport