Dibala "Roma" bilan o'yingacha safga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
5 okt 2021, 21:52
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala jarohatdan tiklanishda davom etmoqda.

Manbaga ko'ra, CHL doirasidagi "Chelsi"ga qarshi (1:0) o'yinni hamda A Seriya 7-turida "Torino"ga qarshi (1:0) bahsni o'tkazib yuborgan Dibala "Roma" bilan to'qnashuvga qadar safga qaytishi mumkin.

Shuningdek, xabarda takidlanishicha, argentinalik forvard bilan yangi kelishuv masalasidagi muzokaralar ham yakuniy pallaga kirgan.

"Yuventus" – "Roma" uchrashuvi 17 oktyabrga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sportmediaset