Di Natale faoliyatini davom ettirishga qaror qildi

Aziz Tukhtamuradov
19 may 2014, 20:41
Udineze hujumchisi Antonio Di Natale yana bir mavsum futbolchi sifatida maydonda harakat qilishga qaror qildi.

Yanvar oyida 36 yoshli hujumchi mavsum yakunlanganidan so'ng faoliyatini yakunlashini e'lon qilgandi.

Lekin, endilikda u A seriyada 200-golini ham kiritish uchun yana bir mavsum to'p surishga qaror qildi. Ayni paytda u Italiya chempionatlari to'purarlari ro'yhatida 7-o'rinni egallab turibdi.

Di Natale bu mavsumda Italiya chempionatida 17 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru