Devid Moyes: "Keyingi mavsumda ushbu xatolarni takrorlamaslik uchun ishlamoqdamiz"

21 apr 2014, 02:23
"Manchester Yunayted" ustozi Devid Moyes Everton"dan uchralgan mag'lubiyat haqida to'xtalib o'tdi.
Biz to'p bilan ko'proq muomalada bo'ldik va o'yinni boshqarib bordik. Lekin bizga hujumda aniqlik yetishmadi. Bugun ikki bor qarshi hujumda keraksiz gollarni o'tkazib yubordik. Penalti borasida etiroz bo'lishi mumkin emas. "Everton" darvozasi oldida hech narsa o'ylab topa olmadik. Menimcha, maydondagi eng yaxshi jamoa meniki bo'ldi. Biz qolgan barcha o'yinlarda g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Keyingi mavsumda ushbu xatolarni takrorlamaslik uchun ishlamoqdamiz. 

Manba: sports.ru