Desham: “Portugaliya bilan o'yinda biz Ronalduni ko'rmadik”

12 okt 2020, 09:15
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Millatlar ligasi 3-turida Portugaliya (0:0) qarshi bellashuvdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Har ikkala jamoaning himoyadagi harakatlari borasida ko'proq gapirishni istardim. Yarim himoyachilar juda yaxshi harakat qilishdi, bir-birlarini yaxshi tushunishdi. Natijada ikkinchi bo'limda biz ko'pro o'yinni o'z nazoratimizda saqlab turdik.

Biz har doim bundanda ko'prog'iga erisha olamiz. Raqibdan kelib chiqib ehtiyotkorlikka asosiy urg'uni berdik. Shu bois bu bellashuvda biz Ronalduni ko'rmadik. Mazkur bahsda hujumchilarga judayam qiyin bo'ldi. Bellashuvni o'z foydamizga hal qilish uchun esa so'nggi zarbalarni aniqroq berish lozim edi”, deya Deshamning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

Ayni paytda 3-guruh turnir jadvalida Portugaliya terma jamoasi 7 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Xuddi shuncha ochko jamg'argan Fransiya ikkinchi, 3 ochko bilan Xorvatiya uchinchi, hozircha mag'lubiyatlardan boshi chiqmayotgan Shvetsiya esa so'nggi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: УЕФА расмий сайти