Desham: "Ko'r emasman va Fransiya bundanda yaxshi o'ynashini tushunib turibman"

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2016, 04:48
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Shveytsariyaga qarshi bahs (0:0) haqida fikr bildirdi.

"Ko'r emasman va biz yaxshiroq o'ynay olishimizni tushunib turibman, ammo hozirdan biz uchun ikkinchi turnir boshlanadi. U yakshanba kuni start oladi va navbatdagi bosqichga tayyorlanish uchun etarlicha vaqtimiz bo'ladi.

Shveytsariyaliklar texnik tarafdan yaxshi o'ynashdi, ammo bizda ajoyib imkoniyatlar bo'ldi. Agar omadimiz kelganida g'alaba qozonar edik. O'yinni boshqarishda o'z ustimizda ishlashimiz kerak" - deydi Desham.

Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com