Desham: "Fransiya yana katta termaga qarshi o'zini ko'rsata oldi"

Mirjalol Normatov
11 dek 2022, 12:12
Fransiya termasi bosh murabbiyi Dide Desham Angliyaga qarshi o'yin yakunlari haqida gapirdi.

"Ajoyib! Bu katta o'yin edi, biz Angliyaning ajoyib tarkibiga qarshi o'ynadik va yana bir bor o'zimizni ko'rsatdik.

Yana bir bor yarim finalda ekanligimiz barcha futbolchilar uchun ham muhim. Vaqtni to'xtatib qo'yib, bundan ko'proq lazzat olishni istaymiz.

Bizda to'g'ri mentalitet bor, barcha to'g'ri fikrlaydi. Shu sababli hisobdagi ustunlikni saqlab tura oldik va barchasi uchun chin yurakdan mehnat qildik.

Marokashga qarshi o'yinga jiddiy tayyorlanamiz. Bu terma tan olishga loyiq, biroq o'yini bilan ajablantirayotgani yo'q. Shu sababli ushbu raqibga panja ortidan qarab bo'lmaydi", - dedi Desham.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal