Dembelega "Chelsi" taklif qilgan maosh yoqmadi

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022, 14:29
"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele mavsumlar oralig'ida "Chelsi"ga o'tmaydi.

"Barselona" bilan shartnoma uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmagan fransiyalik futbolchi London klubi bilan muzokaralar olib borgan. Ammo unga "Chelsi"ning maoshi bo'yicha taklifi maqul kelmagan.

"Chelsi" 25 yoshli vingerga "Barselona"dan ko'proq maosh to'lashga tayyor turganligini bildirgan, ammo narx kutilganidan ko'ra kamroq bo'lgan.

Ayni damda "Barselona" va "Chelsi" Dembele bilan shartnoma imzolash uchun harakat qilmoqda. Ikki klub ham mavsumoldi yig'ingacha fransiyalik borasidagi muammoni hal qilmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport