Dembele “Lion”da sermahsullik namoyish etmoqda

14 sen 2019, 09:00
“Lion” hujumchisi Mussa Dembele Liga 1 beshinchi turida “Amen”ga qarshi bahsda dublga erishdi.

Fransiyalik 23 yoshli hujumchining Liga 1 joriy mavsumidagi gollari soni 5 taga etdi. Futbolchi buning uchun 4 ta uchrashuv o'tkazishi kifoya qildi. Ayni damda Dembele Fransiya chempionati to'purarlari jadvalida 1-o'rinni “Lill” hujumchisi Viktor Osimxen bilan bo'lishib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia