Dembele jarohat tufayli Fransiya termasi mashg'ulotlarida qatnashmadi

Sherzod Nurmatov
24 sen 2022, 13:41
U Millatlar Ligasida Daniyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

Usmon Dembele Fransiyaning navbatdagi o'yinini o'tkazib yuborishi ehtimoli yuqori.

Vinger juma kungi mashg'ulotni "Barselona"da boldiridan olgan jarohati sabab o'tkazib yubordi. Uning Daniyaga qarshi o'yinda ishtirok etishi istisno qilinmayapti, ammo bu so'roq ostida.

Avstriyaga qarshi o'yinda (2:0) Dembele 11 daqiqani maydonda o'tkazdi.

Ertaga, 25 sentyabr kuni Millatlar Ligasining 6-turidan o'rin olgan Daniya hamda Fransiya o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqt bilan 23:45 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L’Equipe