Dembele Finlyandiyada tibbiy ko'rikdan o'tadi

Alisher
23 okt 2021, 08:38
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele jarohatidan tiklangandan so'ng oxirgi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Finlyandiyaga uchib ketadi.

Francuz son suyagi shikastlangani sabab Evro-2020dan beri o'ynamaydi.

Dembele iyulda dunyoga mashhur doktor Lasse Lampaynen qo'l ostida Xelsinkida operaciya qilindi. O'yinchi oktyabrda engil mashg'ulotlarga qaytdi.

Dembele ushbu dam olish kunlarida tiklanishning so'nggi bosqichiga o'tishdan oldin Finlyandiyaga doktordan ruxsat olish uchun boradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca