De Yong: "Barselona"ning asosiy futbolchisi bo'lish uchun kurashaman"

Mirjalol Normatov
21 iyul 2019, 18:27
"Barselona"ning yangi futbolchisi Frenki de Yong Kataloniya klubidagi bo'lajak faoliyati haqida gapirdi.

"Barselona" - dunyodagi eng katta klublardan biri hisoblanadi. Bu yerda katta raqobat bo'lishi normal holat. Biroq men bu erga asosiy tarkibda o'ynash uchun kelganman va buning uchun qattiq kurashaman. "Barselona"da muntazam tarzda o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istayman", - dedi de Yong.

De Yong 75 million evro evaziga "Ayaks"dan "Barselona"ga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo