De Xea yangi shartnoma borasida MYU bilan muzokara o'tkazyapti
Aslanov Jasurbek
9 fev 2015, 13:12
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea yangi shartnoma borasida "qizil iblislar" bilan muzokara o'tkazmoqda.
Bu haqda uning agenti Jorje Mendesh ma'lum qildi.
"Kelishuvni uzaytirish borasida "Manchester Yunayted" bilan muzokaralar o'tkazyapmiz. De Xeaning "Real" bilan shartnoma imzolagani mish-mishdan boshqa narsa emas" - deydi Mendesh.