De Xea "Real"ga o'tishi haqida: "Peresda mening telefon raqamim bor deb o'ylamayman"

Aslanov Jasurbek
14 iyun 2018, 10:23
"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea "Real"ga o'tish ehtimoliga baho berdi.

"Florentino Peresda mening raqamim bor deb o'ylamayman. "Real" darvozaboni bo'lamanmi, yo'qmi, bilmayman. Biroq bir narsa aniq: Manchestyerda meni hamma narsa qoniqtiradi.

Har bir futbolchi kabi men ham sovrin yutishni istayman. Ularni MYUda qo'lga kiritish mumkin, biroq biroz o'sishimiz kerak. Biz yirik klubmiz, ikkinchi o'rin biz uchun emas. Klubni buyuklashtirishimiz kerak" - deydi de Xea.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Cope