De Ligt uchun yana bir jamoa kurashga qo'shildi

Mirjalol Normatov
29 may 2019, 23:55
PSJ "Ayaks" himoyachisi Matteys de Ligtning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

19 yoshli futbolchi "Barselona" bilan muzokaralarni muvaffaqiyatsiz yakunlaganidan keyin "Manchester Yunayted"ga o'tishi borasida ma'lumotlar berilgandi. Mankunianliklar uning uchun 75 million evro to'lashga tayyor.

PSJ esa yuqoridagi klublardan farqli ravishda Matteys uchun 85 million evrodan voz kechmoqchi. Shuningdek, uning agenti Mino Rayolaga ham yuqori pul berishga ham tayyorlanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football