Davron Fayziev: "Muxlislarimizga raxmat"

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2017
"So'g'diyona" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev uchrashuv borasidagi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jiddiy o'yin va jiddiy raqibga tayyorgarlik ko'rgandik. Chunki "Navbahor" jamoasi yil boshida o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib, sensacion natijalarni qayd etishdi. Ular o'z muxlislarini xursand qilib kelayotgan jamoa edi. Kubok o'yinidan so'ng 2 xaftalik tatil ikki jamoa murabbiylari uchun qiyinchilik tug'dirgani jamoalarning maydondagi ko'rsatgan o'yinidan bilindi.

O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatiga saralash bosqichi doirasidagi o'yinlari sababli yuzaga kelgan tanaffusdan demak biz unumli foydalangan bo'lamiz. "Navbahor"ning "Buxoro" va "Bundyokor"ga qarshi o'yinlarining video tasmasini o'rganib chiqqandik. Bugun kubok doirasidagi "Buxoro"ga uchralgan 0:3 hisobi tasodif ekanligini isbotlashimiz kerak edi. Bizni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Barcha jamoa a'zolari va rahbarlarini yutuq bilan tabriklayman. Birinchi davraning yakunlanishiga 2 tur qoldi. Ushbu o'yinlarni ham maksimal ochko to'lagan xolda yakunlashga harakat qilamiz", - dedi Fayziev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz