Davron Fayziev: "Bizda 13 nafar sog' futbolchi qoldi"

Narzulla Saydullayev
12 may 2017, 20:10
"Metallurg" - "So'g'diyona" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun ikki markaziy himoyachimiz diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmadi. Bundan tashqari Mamadaliev va Rashidov jarohat tufayli bizga yordam bera olishmadi. Birinchi bo'limdagi ikkita standart vaziyat barchasini hal qildi. Ikkinchi taymda biz harakat qildik, ammo hisobni tenglashtira olmadi.

Hayot davom etadi, yosh futbolchilarga ishonch bildirgandik. Ular hozircha to'la ishonchni oqlay olishmadi. Bugungi o'yin uchun mening qo'l ostimda 13 nafar sog' futbolchi bor edi.

Bu bahona yoki boshqa narsa emas. Shunchaki bor vaziyatni aytayapman. Bular yig'ilib qimmatga tushdi", - deydi Fayziev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia