
"O'yinda gol urish va hisobni ochishning uddasidan chiqqanimdan xursandman. Afsuski, g'alaba qozona olmadik".
"Biz mashxur va kuchli raqibimizga qarshi bor imkoniyatlarimizni ishga soldik. Bundan ortiqrog'iga umid qilgan edik.
"Busketm bilan bog'liq holatda, ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi. O'sha vaziyat hal qiluvchi rol o'ynadi. Birinchi bo'limda hakam bizni juda ko'p hollarda sariq kartochka bilan siylagan edi.
"Lekin Buskets esa suvdan quruq chiqdi. Agar hakam o'shanda boshqacharoq qaror qabul qilganida, bu hal qiluvchi faktor bo'lishi mumkin edi. Chunki biz 1:0 hisobida yutayotgan edik va bir futbolchiga ulardan ko'p bo'lardik".
"Nima ham derdik, hakamlar ham odam. Ular ham adashishadi", deya Vilyaning so'zlaridan Inside Spanish Football iqtibos keltirmoqda.