David Silva: "Chelsi" bilan oradagi farqni ko'paytirib yubormoqchi emasmiz"
Aziz Tukhtamuradov
20 sen 2014, 21:51
"Manchester Siti" futbolchisi David Silva "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu o'yin biz uchun judayam muhim. "Chelsi" ayni paytda peshqadam va bizdan 5 ochkoga oldinda bormoqda. Mag'lubiyatga uchrashga haqqimiz yo'q. Bu oradagi farqni 8 ochkogacha oshishiga olib kelishi mumkin", - deydi ispaniyalik futbolchi.