
Darvozabon, Runining Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida “Bayer”ga qarshi o'yinda (4:2) dublga erishganidan hayratlanganini aytgan.
- Runi nafaqat gol urdi balki ajoyib o'yin ham namoyish etdi va o'yinga o'zgacha muhitni kirita oldi. Jamoa uchun Runining va van Persining har doim gol urishi muhim sanaladi. Ular jamoaning eng muhim o'yinchilari sanalishadi va ushbu mavsumda bu juftlik katta foyda keltiradi, - De Xeaning so'zlarini keltiradi ESPN.