Darmian faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi ma'lum

Alisher
31 avg 2019, 12:33
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian "Parma"ga o'tishga yaqin.

Klub futbolchi uchun 1,5 million evro to'laydi va tomonlar 4 yillik shartnomaga imzo chekadi.

"Men uyga qaytishdan xursandman. Bu men uchun Italiya terma jamoasiga qaytishga ajoyib imkoniyat yaratib beradi".

"Lukaku va Sanches - kuchli futbolchilar va ularga muvaffaqiyat tilayman. Ular "Inter"da ajoyib mavsum o'tkazishlariga aminman", - deydi Darmian.

Eslatib o'tamiz, Matteo faoliyati davomida MYUdan tashqari "Milan", "Padova" va "Torino" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia