Daniel Agger: "Barselona" uchun "Liverpul"dan ketmayman"

Tolibjon Qosimov
20 avg 2013, 13:30
"Liverpul" himoyachisi Daniel Aggerga "Barselona" qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi.
Futbolchining o'zi klubni faqat bir holatdagina tark etishini ma'lum qildi.

– Hech kim "Barselona" buyuk klub ekanligi bilan bahslashmayapti, – deydi Agger Daily Mail ga. – Ammo men "Liverpul"dan ketishni o'ylamaganman. Albatta, agar klubga kerak bo'lmay qolsamgina bu yerdan ketaman. Ammo "Liverpul" hayotimning bir qismidir.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru