

Braziliya kecha kutilmaganda Xorvatiyaga mag'lub bo'lib (1:1, penaltilar bo'yicha 2:4) Qatardagi munlial bilan xayrlashdi. Jamoaning eng yoshi katta va tajribali o'yinchilaridan biri Dani Alves o'yindan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Bu Jahon chempionati men uchun oxirgisi bo'ladi va buni aytish vaqti keldi. Lekin Neymar bilan ham shunday bo'ladi, deb o'ylamayman. U juda zo'r futbolchi, u Braziliya futboliga kerak".
Eslatib o'tamiz, Braziliyaning enggan Xorvatiya yarim finalda Argentinaga qashi maydonga tushadi. Ushbu o'yin 13 dekabrda bo'lib o'tadi. Final esa 18 dekabrga rejalashtirilgan.


