

39 yoshli Alves mundial uchun qaydnomadan o'rin olgan Braziliya termasi tarixidagi yoshi eng katta futbolchiga aylandi. Avvalgi rekord 1966 yil Jalma Santos (37 yosh) tomonidan qayd etilgandi. Shuningdek, Qatardagi musobaqa uchun Tite 38 yoshli Tyago Silvani ham tarkibga jalb qildi.
Dani Alves terma jamoada 2006 yildan beri harakat qilib keladi. Hozirgacha u 125 o'yinda qatnashib, 8 ta gol urishga erishdi.



