Damir Nizanov: "Futbolimiz rivojida Nematillo Quttiboevning xizmatlarini alohida etirof etaman"

Narzulla Saydullayev
27 mar 2021, 21:42
PRO-Liga 2-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Xorazm" uchrashuvi oldidan "Aral Samali" futbolchisi Damir Nizanov bilan suhbat tashkil etdik.

- Damir, o'tgan yili "Xorazm" safida ajoyib mavsum o'tkazdingiz. Joriy mavsum oldidan sizda qanday takliflar bor edi?
- Menga birinchi bo'lib "Aral Samali" jamoasi taklif bilan chikdi. Klubdagi sharoitlar menga maqul keldi va qolishga qaror qildim. "Aral Samali" ga yordam berayotganimdan xursandman.

- Bu yil "Aral Samali" jamoasi o'z oldiga kanday maqsadlarni qo'ymoqda?

- Bizda hozir mahalliy futbolchilardan tashkil topgan yaxshi jamoa shakllangan. Maqsad xar bir o'yinda g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilish. Ammo rahbariyat hali biz bilan uchrashgani yo'q..

- PRO-Liganing 2-turida sobiq jamoangizga qarshi maydonga tushasiz...

- Avvalo "Xorazm" jamoasiga omad tilayman. Ikkala jamoa o'rtasidagi o'yinlar hamisha shiddatli va qizikarli kechadi. Bejizga bu kabi uchrashuvlarga derbi maqomi berilmaydi.

- Qoraqolpog'iston futboli rivojlanishida va tanilishida hissasini qo'shgan insonlardan kimlarni ayta olasiz?

- Xozir bizda futbol rivojlanishida ko'pchilik mehnat qilishmokda. Nematillo Quttiboevning mehnatlari alohida e'tiborga molik. U kishi yosh futbolchilardan o'z mehnatlarini ayamasdan Superliga jamoalarida o'ynab ketishiga yo'l ko'rsatib bergan.

- Futbolga kirib kelishingizga kim sababchi bo'lgan? Birinchi murabbiyim deb kimni aytgan bo'lardingiz?

- Futbolga kelishimga akam sababchi bo'lgan. Birinchi murabbiyim esa Ravshan aka bo'ladilar.

- Bu yil PRO-Liga jamoalari orasida kaysi jamoaning Superligaga chikish uchun imkoniyatlari yukori baholaysiz?

- Xozircha barcha jamoaning imkoniyati bir xil, lekin Farg'onaning "Neftchi" jamoasida Superligaga chiqish uchun imkoniyat yuqori deb bilaman.

- Kuchli beshlik chempionatlari orasida kaysi jamoaga muxlislik kilasiz? Shuningdek, qaysi xorijlik futbolchining harakatlari sizga yoqadi?

- Ispaniyada "Barselona"ga muxlislik kilaman. Angliyada esa Kevin de Bryuneni hatti-harakatlarini o'zimda o'zlashtirib maydonda takrorlashga harakat kilaman.

- Suhbatimiz yakunida futbol muxlislariga tilaklaringiz...

- Niyatim avvalo yurtimiz tinch bo'lsin, Qoraqolpog'istonga ham katta futbol qaytsin, yurtimiz stadionlari hamisha futbol muxlislari bilan to'lib toshsin.


Timur Ibragimov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia