Damir Nizanov O'zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasiga taklif etildi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2015, 09:01
Yangi Zelandiyadagi jahon chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi kecha "Chig'atoy"da navbatdagi yig'inni boshladi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi mazkur terma jamoa 19-28 fevral kunlari "Jar" stadionida mashg'ulot olib boradi.

Ushbu yig'inga "Qo'qon-1912" a'zosi Damir Nizanov ham taklif etilgan. Mavsumlar oralig'ida Nukusning "Orol" jamoasidan taklif etilgan 20 yoshli hujumkor yarim himoyachi Nizanov qisqa fursat ichida "Qo'qon-1912" tarkibida o'zini ko'rsatib, yoshlar terma jamoasi yig'iniga chaqiruv oldi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz