Damir Nizanov “Neftchi” ko'rigida

Farg'onaliklar tarkibiga “Orol”dan futbolchi kelib qo'shildi.

Qoraqalpog'istonlik Damir Nizanov ayna damda “Neftchi” ko'rigida bo'lib turibdi. Yodingizda bo'lsa kerak, 21 yoshli bu futbolchi o'tgan yili qishda “Qo'qon-1912” mashg'ulotlarida ham ishtirok etgandi. Ammo so'nggi pallada moliyaviy tomondan bir to'xtamga kelinmagach, Nizanov ortga qaytgan. “Orol”ning markaziy yarim himoyasida yetakchilaridan biri bo'lgan Damirning bu safar vodiy jamoasida qolish qolmasligi hozircha noma'lum.



Manba: championat.asia