SSKAning argentinalik hujumchisi "Jenoa"ga o'tishga rozi bo'ldi

17 yanv 2021, 00:58
SSKA forvardi Adolfo Gaych faoliyatini "Jenoa"da davom ettirishga qarshi emas. Italyan klubi futbolchini 6 oyga ijaraga olmoqchi, deya xabar tarqatdi jurnalist Alfredo Pedula.

Ayni paytda jamoalar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.

RPLning joriy mavsumida 13 o'yin o'tkazgan argentinalik hujumchi bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Gaychning Moskva "armiyachilar"i bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali futbolchini 9 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar