SSKA ustozi Fedotov: "Fayzullayev kabi transferlar ko'p bo'lishini istardim"

Nozimov Nig'monxo'ja
26 noya 2023, 07:55
SSKA klubi bosh murabbiyi Vladimir Fedotov MIR Rossiya Premer-ligasining 16-turidan o'rin olgan “Dinamo”ga qarshi o'yindan so'ng jamoa futbolchisi, hamyurtizimi Abbosbek Fayzullayev kabi transferlarni ko'proq bo'lishini istashini aytdi.

"Fayzullayev jamoamizga ajoyib tarzda qo'shilib ketdi. Uning jamoaviy o'yinini alohida takidlagan bo'lardim. Abbosdek futbolchi meni jamoamda o'sayotganidan xursandman. Fayzullayev kabi transferlar ko'p bo'lishini istardim",-dedi Fedotov.

Eslatib o'tamiz, Abbos "Dinamo"ga qarshi uchrashuvda bittadan gol va golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com