Coca Cola Superliga. 1-turda eng ko'p tomoshabin Namanganda, eng kami Olmaliqda

Narzulla Saydullayev
12 mar 2021, 09:08
9-11 mart kunlari Superliganing 1-turidan o'rin olgan 7ta o'yin bo'lib o'tdi.

PFL ma'lumotiga ko'ra, bu o'yinlarni tomosha qilish uchun stadionlarga jami 47782 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Bu har bir bahsga o'rtacha 6826 tomoshabin kelganini anglatadi.

Eng ko'p muxlis Namanganda o'tgan "Navbahor" - "So'g'diyona" uchrashuviga keldi - 17558. Bu borada ikkinchi natija Qarshidagi "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuviga tegishli bo'ldi - 11812.

Olmaliqdagi AGMK - "Lokomotiv" bahsiga roppa-rosa 1000 tomoshabin kelgan. Bu dastlabki turdagi eng past ko'rsatkich bo'ldi.

Coca Cola Superliga. 1-turda tomoshabinlar tashrifi: 
"Navbahor" - "So'g'diyona" - 17558 tomoshabin
"Nasaf" - "Paxtakor" - 11812 tomoshabin
"Qizilqum" - "Andijon" - 6451 tomoshabin
"Turon" - "Qo'qon-1912" - 4983 tomoshabin
"Surxon" - "Metallurg" - 4545 tomoshabin
"Bunyodkor" - "Mashal" - 1403 tomoshabin
AGMK - "Lokomotiv" - 1000 tomoshabin


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia