"China Cup-2019". Bugun Kuper va Shomurodov matbuot anjumanida qatnashadi

Narzulla Saydullayev
20 mar 2019, 12:30
Ertaga, 21 mart kuni "China Cup-2019" musobaqasiga start beriladi.

Shu munosabat bilan bugun ishtirokchi terma jamoalar murabbiylari va futbolchilar bilan matbuot anjumani o'tkaziladi.

Matbuot anjumani mahalliy vaqt bilan soat 16:30da "Guanxi Sports Centre" stadionida boshlanadi. Unda O'zbekistondan terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper va hujumchi Eldor Shomurodov qatnashishi rejalashtirilgan.

Soat 17:00da esa milliy terma jamoamiz a'zolari navbatdagi mashg'ulotni o'tkazishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz