

- Terma jamoa 45 kun davomida yig'in o'tkazdi. Mundialga qanchalik tayyorsizlar?
- Rasmiy o'yingacha 1 hafta vaqt bor. Xudo xohlasa, yaxshi mashg'ulotlar olib bordik. Rasmiy uchrashuvlarda kuchliroq ko'rinamiz deb o'ylayman.
- Terma jamoa Kanada bilan uchrashuv kuchli yomg'ir ostida, bugun esa juda issiq ob-havoda o'ynadi. Bu o'yinlar haqida nima deya olasiz?
- Ob-havo qanday bo'lishidan qati nazar bu o'rtoqlik uchrashuvlari hisoblanadi. Biz qo'limizdan kelgan ishni qildik. Xudo xohlasa, endi JCHda ijobiy natija uchun o'ynaymiz.



