Cherchesovdan antirekord

6 iyun 2018, 00:15
Rossiya terma jamoasi bugun Turkiya bilan o'rtoqlik uchrashuvida (1:1) durang qayd etib, g'alabasiz seriyani 7 ta uchrashvga etkazdi.

Bu terma jamoaning bir murabbiy qo'li ostidagi eng yomon natijadir. Cherchesovga qadar bu kabi salbiy natijaga Anatoliy Bishovec (1998 yil, 6 o'yin, 6 mag'lubiyat) va Leonid Sluckiy (2016 yil, 2 mag'lubiya va 4 durang) “erishgandi”. 

Bu ikki mutaxassis ham oltinchi uchrashuvdan keyin o'z lavozimlarini tark etishgandi. Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi so'nggi marta 2017 yilning oktyabrida g'alabaga erishgan. Shundan buyon ular o'tkazgan uchrashuvlarining 4 tasida mag'lub bo'lgan bo'lishsa, 3 tasida durang qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Спорт-Экспресс"