Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi. U Messi yoki Ronaldu emas

Aslanov Jasurbek
15 sen 2017, 15:27
UEFA Chempionlar ligasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari turnirning joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi nomini e'lon qildi.

Ushbu sovrin uchun Garri Keyn ("Tottenxem"), Muhammad Salox ("Liverpul"), Tayson ("Shaxtyor"), Romelu Lukaku ("Manchester Yunayted"), Xames Rodriges ("Bavariya"), Lionel Messi ("Barselona"), Neymar (PSJ) va Krishtianu Ronaldu ("Real") da'vogarlik qilayotgan edi.

Birinchi turda futbolchilar ko'rsatgan natija:

FutbolchilarGolAssistent
Krishtianu Ronaldu2-
Lionel Messi2-
Neymar11
Garri Keyn21
Muhammad Salox1-
Tayson1-
Romelu Lukaku1-
Xames Rodriges--
Muxlislar ushbu haftada "Liverpul" yarim himoyachisi Muhammad Salaxni eng yaxshi deb topishdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia