Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi. Bugun yarim finalga qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
13 apr 2018, 09:04
Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasida yarim finalga chiqqan barcha jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.

Yevropa chempinlar ligasi yarim final bosqichiga qur'a tashlash marosimi 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

"Real Madrid", "Bavariya", "Roma" va "Liverpul" klublari raqiblarini bilib oladi. Qur'ada istalgan jamoa istalgan jamoaga tushishi mumkin. Hech qanday cheklovlar yo'q.  

Yarim finalning birinchi o'yinlari 24 va 25 aprel kunlari, javob bahslari esa 1 va 2 may kunlari bo'lib o'tadi.

Bugungi qur'a tashlash vaqtida finalda qaysi juftlik g'olibi rasmiy mezbon bo'lishiga ham oydinlik kiritiladi.

Final uchrashuvi 26 may kuni Kievdagi "Olimpiyskiy" stadionida bo'lib o'tadi.


Yevropa ligasi yarim final bosqichiga qur'a tashlash marosimi 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.

"Arsenal", "Atletiko", "Zalcburg" va "Marsel" klublari yarim finaldagi o'z raqiblarini bilib oladi. Qur'ada istalgan jamoa istalgan jamoaga tushishi mumkin. Hech qanday cheklovlar yo'q.  

Yarim finalning birinchi o'yinlari 26 aprel, javob bahslari esa 3 may kuni bo'lib o'tadi.

Bugungi qur'a tashlash vaqtida finalda qaysi juftlik g'olibi rasmiy mezbon bo'lishiga ham oydinlik kiritiladi.

Final uchrashuvi 16 may kuni Liondagi "Stad de Lion" stadionida bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia