"Chelsi"ni boshqarish uchun besh nafar nomzodning nomi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
14 yanv 2021, 10:55
"Chelsi" rahbariyati bosh murabbiy Frenk Lempardning o'rniga nomzodlar qidirmoqda.

Jurnalist Kristian Falkning yozishicha, klubdagilar besh nafar murabbiyni kuzatmoqda: Tomas Tuxel, Massimiliano Allegri, Brendan Rojers, Ralf Xazenxyuttl va Yulian Nagelsman.

Lempard 2019 yilning yozida "Chelsi" boshqaruvini qo'liga olgandi. Ayni damda "Chelsi" APLning 17 turidan keyin 9-o'rinda bormoqda. "Ko'klar" YCHLning 1/8 final bosqichida "Atletiko"ga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal