“Chelsi”ga Torres kerak

4 iyul 2020, 08:12
“Vilyarreal” futbolchisi Londonga ko'chib o'tishi mumkin.

“Chelsi” yozgi transferlar vaqtida markaziy himoyani kuchaytirish haqida jiddiy bosh qotirmoqda. Klubning short-listidan “Vilyarreal”ning 23 yoshli a'zosi Pau Torres ham o'rin olgan. Torresning tovon puli 45 mln evro qilib belgilangan. Uning xizmatlariga ayni damda “Barselona” hamda “Arsenal” ham da'vogarlik qilmoqda.

Torres “Vilyarreal” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yilda Ispaniya terma jamoasida ham debyut qilishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail