"Chelsi"ga qarshi bahsdan oldin "Everton" futbolchisining otasini otib ketishdi

Aslanov Jasurbek
27 avg 2017, 15:54
"Chelsi"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 3-tur uchrashuvidan oldin "Everton" futbolchilaridan biri noxush xabar eshitdi.

"Irislar"ning bosniyalik yarim himoyachisi Muhammad Beshichning otasi Mexo Beshichni o'z vatanida otib ketishdi.

Mahalliy nashrlarning bergan ma'lumotlariga ko'ra, voqea Srebrenik yaqinidagi Faleshichi shaharchasida shanba kuni soat 16:10 atrofida yuz bergan.

Ilk berilgan xabarlarga ko'ra, Mexo Beshichga ikki marotaba, oyog'i va qo'liga o'q uzishgan. Voqea yuz berganidan so'ng uni tezda kasalxonaga olib ketishgan.

Berilgan ma'lumotlarga ko'ra, Muhammad Beshichning otasi avval ham alkogol va qimor o'yinlari tufayli muammolar chiqargan ekan.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101greatgoals.com