

Insayder Fabricio Romanoning fikriga ko'ra, Viktor Mozes "Spartak"da qoladi. Moskva klubi uni yozda to'liq sotib olishi kutilmoqda. Undan tashqari, Temue Bakayoko hamda Emerson Palmeri yozda boshqa klublarning futbolchilariga aylanishi kutilmoqda.
Ammo, ayni damda "Milan" tarkibida ijarada o'ynayotgan Fikayo Tomorining kelajagi borasida bir qarorga kelinmagan. Milan klubi yozda futbolchini sotib olish imkoniyatini qo'lga kiritadi. Ammo klub bu borada bir qarorga kelmagan.



