"Chelsi" yarim himoyachisi "Milan"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
26 sen 2018, 21:14
"Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregas ushbu mavsum yakunlanganidan keyin jamoasini o'zgartirmoqchi.

Ispaniyalik futbolchi klubning yangi bosh murabbiyi Mauricio Sarri qo'l ostida zaxirada qolib ketganidan mamnun emas. "Chelsi" xo'jayini Roman Abramovich xavbek bilan shartnomani uzaytirishini ma'lum qilgan bo'lsa-da, Seskning o'zi bunga unamayapti. Hozirda unga "Milan" da'vogarlik qilmoqda.

Fabregas 2014 yildan buyon "Chelsi" tarkibida harakat qilmoqda. U londonliklar tarkibida APLning 2 chempionligini qo'lga kiritgan bo'lsa, Angliya kubogi va Liga kubogi kabi turnirlar sovrindoriga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato