"Chelsi" Yan Oblakni xarid qilishni o'ylamoqda

Alisher
14 iyul 2020, 10:20
London klubining katta transfer rejasi.

"Chelsi" jiddiy tarzda Yan Oblakni transfer qilish borasida o'ylamoqda. "Ko'klar" "Atletiko"ga o'zlarining asosiy darvozabonlari bo'lmish Kepa Arrisabalagani va ma'lum miqdordagi pulni taklif qilishga tayyorlar.

O'z vaqtida "Atletiko" Oblakni 120 million evroga baholamoqda. Madrid klubi darvozabonni sotishni xohlamaydi.

Lempard hali ham asosiy darvozabondan norozi. Klub esa murabbiyga Kepani almashtirmasdan turib, yangi darvozabon bilan shartnoma imzolash imkonsizligini xabar qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mirror