“Chelsi” Viktor Osimxen uchun 150 million evro berishga tayyor

Alisher
26 iyun 2023, 08:56
Ushbu haftada “Chelsi” Viktor Osimxen borasida “Napoli”ga rasmiy taklif yuboradi.

 Futbolchining agenti “Napoli” prezidenti bilan uchrashgan va kelishuv summasi bo'yicha muzokara olib borgan. Aurelio De Laurentis hujumchisi uchun 150 million evro so'ragan. Bu summani esa “Chelsi” to'lashga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Futbolchining "Napoli" bilan bitimi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

24 yoshli nigeriyalik joriy mavsum Italiya chempionatida 31 ta o'yinda qatnashib, 25 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchini 120 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com