

Taniqli jurnalist va insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "Chelsi" va "Manchester Siti" Raxim Sterling transferi bo'yicha o'zaro kelishuvga erishishdi. Futbolchi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan.
Endi Sterling AQSHga yo'l oladi va u yerda jamoaga qo'shiladi. Shundan so'ng, transfer rasman e'lon qilinadi. Sterling "Chelsi" bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolashini qo'shimcha qilish lozim.
Avvalroq, "Chelsi" hujumchi uchun 45 mln funt to'lashi xabar qilingandi. Ushbu summa bonuslar bilan 55 mln funtga yetishi mumkin.



