"Chelsi" so'nggi 4 o'yinning faqatgina bittasida g'alabaga erishdi

Mirjalol Normatov
9 dek 2021, 02:25
"Chelsi" YCHLning 6-turi doirasida "Zenit" maydonida jangovar durang qayd etdi.

Qayd etish kerak, Tomas Tuxel shogirdlari so'nggi 4 o'yinning uchtasida g'alabaga erisha olmadi. Jamoa avvaliga "Manchester Yunayted" bilan durang o'ynagan bo'lsa, keyinchalik "Uotford"ni 2:1 hisobida dog'da qoldirdi.

4 dekabr kuni "Vest Xem"ga 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan jamoa, bugun "Zenit" bilan 3:3 hisobida durang qayd etdi va guruhdagi peshqadamlikni "Yuventus"ga berib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia